Gran-pri
15 000 000 so'm
Ortiq Otajonov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlanadi
Xonandalar o'rtasidagi respublika onlayn ko'rik-tanlovi
Tashkilotchi va hamkorlar
Tanlov haqida
O'zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, taniqli xonanda va bastakor Ortiq Otajonov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan «San'atga baxshida umr» respublika onlayn ko'rik-tanlovi O'zbekiston Davlat filarmoniyasining Xorazm viloyat bo'linmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi — Ortiq Otajonovning boy ijodiy merosini o'rganish va keng targ'ib qilish, milliy qo'shiqchilik va estrada san'ati an'analarini davom ettirish hamda raqamli texnologiyalar yordamida respublikaning eng chekka hududlaridagi iqtidorli ijrochilarni aniqlash, rag'batlantirish va keng jamoatchilikka tanitishdir.
Tanlovda respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek chet eldan turib ishtirok etish mumkin. G'oliblar 2027-yil 24-yanvarda Toshkentdagi «Xalqlar do'stligi» saroyida o'tadigan tantanali gala konsertda taqdirlanadi.
Ariza qabuli yakunlanishiga
Arizalar 2026-yil 25-dekabrgacha qabul qilinadi
Bosqichlar
Ishtirokchilar onlayn ariza va videochiqishlarini yuboradi. Filarmoniyaning hududiy bo'linmalari va Mustaqil ekspert guruhi ularni baholab, har bir hududdan eng yuqori ball to'plaganlarni keyingi bosqichga o'tkazadi.
Hakamlar hay'ati saralangan ijrolarni vokal va ovoz imkoniyatlari, ijro mahorati, sahna madaniyati hamda milliy ijrochilik uslubiga rioya etish mezonlari bo'yicha masofaviy baholab, finalchilarni aniqlaydi.
Finalchilarning videolari tanlovning Instagram, Facebook va YouTube sahifalariga joylanadi. Tomoshabinlar reaksiyalari (layklar) hakamlar bahosi bilan birga hisobga olinadi. G'oliblar 2027-yil 24-yanvarda «Xalqlar do'stligi» saroyidagi gala-konsertda e'lon qilinadi.
Hakamlar hay'ati
Tanlov ishtirokchilarini taniqli san'at arboblari va tajribali ijrochilar baholaydi.
«Lazgi» ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, Tojikiston xalq hofizi
Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist
Xonanda
Shoir, xonanda
«Lazgi» ashula va raqs ansambli musiqa rahbari, Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoir
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti dotsenti, xonanda
Talablar
Ariza ko'rib chiqilishi uchun quyidagi to'rtta shartning barchasi bajarilgan bo'lishi kerak
Ijro jonli ovozda bo'lishi shart. Fonogrammadan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.
Har bir asar bir dubl bilan, uzluksiz yozib olinishi kerak. Montaj va qirqimlar taqiqlanadi.
Har bir asar ijrosining davomiyligi 3 daqiqadan 15 daqiqagacha bo'lishi lozim.
Tanlovda yoshidan qat'i nazar, professional va havaskor xonandalarning barchasi ishtirok etishi mumkin.
100 ballik tizim
Jami 100 ball
Sovrinlar
15 000 000 so'm
10 000 000 so'm
5 000 000 so'm
2 000 000 so'm
Har bir sovrinli o'rin bo'yicha bittadan g'olib aniqlanadi. G'oliblarga diplom, pul mukofoti va esdalik sovg'alari topshiriladi.
Har biri uchun 2 000 000 so'm
Ariza
Barcha maydonlarni to'ldiring va asar ijrosi videosini yuklang. Ariza qabul qilingani haqida telefon orqali xabar beramiz.
Savollar
Tanlovda yosh chegarasi yo'q. Kasbiy faoliyati va fuqaroligidan qat'i nazar, O'zbekistonda va undan tashqarida yashovchi professional xonandalar, havaskorlar, san'at maktablari va kollejlar o'quvchilari, oliy ta'lim muassasalari talabalari hamda ijodiy jamoalar a'zolari ishtirok etishi mumkin.
Video jonli ovozda va bir dubl bilan yozib olinishi kerak. Montaj hamda fonogrammadan foydalanish taqiqlanadi. Asar ijrosi 3 daqiqadan 15 daqiqagacha davom etishi lozim.
Birinchi bosqichda bitta asar ijrosining videosi (MP4 yoki MOV, 2 GB gacha) ariza formasida yuklanadi. Keyingi bosqichga o'tgan ishtirokchilar esa ikkita asar ijrosini taqdim etadi: biri Ortiq Otajonov repertuaridan, ikkinchisi milliy qo'shiqchilik yoki estrada yo'nalishida erkin tanlangan asar.
Arizalar 2026-yil 25-dekabrgacha qabul qilinadi. Tanlov natijalari esa 2027-yil 24-yanvar kuni soat 19:30 da Toshkentdagi «Xalqlar do'stligi» saroyida o'tadigan tantanali gala-konsertda e'lon qilinadi.
Yo'q, tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul. Hech qanday ro'yxatdan o'tish yoki ishtirok badali olinmaydi.
Fonogramma ustiga aytilgan yoki montaj qilingan videolar, shuningdek plagiat yoki texnik firibgarlik holatlari aniqlansa, ishtirokchi tanlovdan chetlashtiriladi.
Barcha savollar bo'yicha O'zbekiston Davlat filarmoniyasining Xorazm viloyat bo'linmasiga murojaat qiling. Telefon raqami va elektron pochta manzili sahifaning quyi qismida keltirilgan.